Galifaks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Galifaks — Kanadaning jan.sharqidagi shahar, Yangi Shotlandiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muzlamaydigan buxta boʻyida. Aholisi 114 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Trans-Kanada t. y.ning oxirgi st-yasi, Atlantika okeani boʻyidagi port, yuk ortish va tushirish yiliga 10 mln. t dan ortiq. Kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, jumladan baliq-konserva, qand-shakar zavodlari bor. Kanadaning baliq ovlaydigan muhim bazalaridan biri. 2 ta universitet bor. Shahar 1749 y.da barpo etilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil