Elizabeth II
Elizabeth II | ||||
Qirolicha Elizabeth II 2015-yili | ||||
Birlashgan Qirollik gerbi. Onʻg tarafdagisi Shotlandiyada ishlatiladi | ||||
| ||||
---|---|---|---|---|
6-fevral 1952-yildan | ||||
Oʻtmishdoshi: | George VI | |||
Vorisi: | Shahzoda Charles | |||
| ||||
| ||||
1-aprel 1964-yilidan — 10-iyun 2011-yili | ||||
Oʻtmishdoshi: | lavozim tiklangan; George Jellicoe, 2-chi graf Jellicoe (Birinchi lord harbiy flot boshqarmasi sifatida, 1963-1964) Vilgelm, Klarens gertsogi (Oxirgi oliy lord admirali sifatida, 1828-1829) | |||
Vorisi: | Filipp, Edinburg gertsogi | |||
Qirolicha Elizabeth II yoki Elizabeth Alexandra Mery Windsor (tugʻilgan sanasi 21-aprel 1926, London), Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, shuningdek Millatlar Hamdoʻstligi rahbari va bundan tashqari yana 15 mamlakatning qirolichasi (Avstraliya, Antigua va Barbuda, Bagama orollari, Barbados, Beliz, Grenada, Kanada, Yangi Zelandiya, Papua Yangi Gvineya, Sent Vinsent va Grenadinlar, Sent Kitts va Nevis, Sent Lusiya, Solomon orollari, Tuvalu, Yamayka). Fiji Respublikasi Oliy boshlig'i, Anglikan cherkovining boʻshligʻi, Britaniya Qurolli Kuchlar Oliy qoʻmondoni rahbari, polkovnik , Men orolining lordi. 29-may 1953-yildan 31-may 1961-yilgacha Janubiy Afrika Ittifoqi qirolichasi edi. Vindzorlar sulolasi vakili. Taxtda 6-fevral kuni 1952 yildan, 2-iyun 1953 rasmiy marosimda qirolicha boʻlgan. Elizabeth II Buyuk Britaniya tarixida eng koʻp taxtda oʻtirgan monarxdir.
Bolalik va yoshlik davri[tahrir]
Elizabet Aleksandra Mary sobiq Buyuk Britaniya VI Jorjning qizi (1895 - 1952 ) va sobiq Leydi Yelizaveta Bouz-Layonning katta qizi ( 1900 - 2002 ). Qirolicha Yelizavetaning bobolari va buvilari: Bobosi tarafidan V Jorj ( 1865 - 1936) va Qirolicha Mariya Teck ( 1867 - 1953 ), onasi tarafidan Stratmor Kontu Klod Corc Bouz-Layon ( 1855 - 1944 ) va Sesiliya Bouz-Layonʼdir (boʻlgan 1883 - 1961 ).
Malika Yelizaveta Aleksandra Mariya London shahrining Meyfer tumanida, Bruton-street №17 uyida, Stratmor grafining rezidensiyasida dunyoga kelgan. Hozirgi vaqtda tuman qaytatdan turgʻizilganidan, uyni buzishgan, uning oʻrniga memorial taxta qoʻyilgan. Ozining ismi oyisining (Yelizaveta), buvasining (Mariya) va katta buvasining (Aleksandra) hurmatini olgan.
Otasi oldingi qizlarining izmini gertsogina hurmati Viktoriya deb nom bermoqchi boladi, lekin u bu oʻylaridan qaytadi. Bu haqida V Georg bunaqa degan:
...Berti men bilan qizning ismini muhokama qilgan edi. U uch ismni aytdi: Yelizavet, Aleksandra va Mariya. Men unga ismlar hammasini yaxhsi ekanligini etdim, ammo Viktoriya ismi haqida u bilan butunlay kelishdim. Bu endi ortiq edi...
V Jorj |
Yelizavetaning chuqintirish marosimi 25-may kuni Buckingham Saroyida boʻlib oʻtdi.
1930-yili Yelizavetaning yolgʻiz singlisi - Malika Margaret duyoga keldi.
Yelizaveta asosan gumanitar fanlar boʻyicha taʼlim oldi — konstitutsiya tarixi, huqushunoslik, dinshunoslik, sanʼatshunoslik va hamda (asosan oʼzi) fransuz tilini oʻrgangan. Yoshlik chogʻidan Yelizaveta otlar bilan qiziqgan va u ot sporti bilan shugʻunlangan. Bu qiziqishlar bilan u koʻp yillar shugʻunlangan [1].
Tugʻilgan kunidan boshlab Yelizaveta York malikasi boʻldi, togʻasi - Eduard Uels shahzodasi (kelajakda Buyuk Britaniyaning qiroli - VII Eduard) bilan otasidan keyin uchinchi taxt vorisi boʻldi. Eduard shahzodasi juda ham yosh bolgan, hisoblanishicha u turmushga chiqichi va bolalik boʻlishi kerak boʻlgan, boshidan Yelizaveta tahtda otiridigan voris sifatida hisoblanmagandi. Ammo 1936-yili V Jorjning vafot boʻlishi sababidan u oʻn bir oy otib taxtdan bosh tortishiga majbur boʻldi. Qirol taxtiga Albert (VI Jorj) oʻtirdi, 10 yoshlik Yelizaveta taxt vorisi deb atanib, ota-onasi bilan Kensingtondagi Bukingem saroyiga koʻchip keladi.
Etgan bilan, malika Yelizaveta "heir presumptive" ("taxminiy voris") sifatida hisoblandi, sababi VI Jorjning bolasi tugʻilganda, qirol taxtiga birdan-bir voris u bolar edi.
Ikkinchi Jahon Urishi boshlanishida Yelizaveta 13-yoshda edi. 1940 yili 13-oktabrda u birinchi marta radiodan urushda ofat topgan bolalarga oldindan soʻz soyladi[2]. 1943 yili gvardiyalik grenaderlarning polkimenlari bilan uning birinchi uchrashuvi boʻldi, u birinchi marotaba oʻzi halq orasida paydo boʻldi. 1944 yili Yelizaveta besh "mamlakatlik maslahatchilari" (qirol ishini yurgizishga huquqi bor odamlar) bilan boladi[3] [4].
1947 yili Yelizaveta ota-onasini Janubiy Afrikaga kuzatib soladida va 21 yoshga tolish marosimida radiodan oʻzining umrini Britaniya monarxiyasi uchun ataydigani haqida aytdi[5].
Shu yili 21 yoshdagi Yelizaveta 26 yoshdagi britaniya floti ofitseri, grek va dat qirollik oilasidan chiqqan va Viktoriya qirolichasining evarasi Filip Mauntbettenga turmushga chiqadi. Ular 1934-yili tanishadi. Ularning bir-biriga koʻngil qoʻyishi Dartmuntdagi harbiy-dengiz kollejida boʻlgan, bu yerda Filip 1939-yili taʼlim olgan. Toʻydan oldin Filip shahzodasi Edinburg gertsogi unvonini oladi.
Uylanish toʻyidan soʻng, yani bir yildan keying 1948-yili Yelizaveta bilan Filipning katta bolasi Charles[6] duyoga keladi. 15-avgust 1950 yili qizi Anna dunyoga keladi.
Buyuk Britaniya Qirolichasi[tahrir]
Toj kiydirish va boshqarishining boshlanishi[tahrir]
Yelizavetaning otasi - Qirol VI Jorj 1952-yili 6-vefral kuni vafot etadi. Shu kuni Yelizaveta umrdoshi bilan Keniyada damolish boʻlmasligiga qaramay, uni Buyuk Britaniya qirolichasi deb eʼlon qilinadi. Otasining olimi kuni qirol fikus daraxting ustida oʻrnalashgan "Tree Tops Hotel" nomidagi mehmonxonada boʻlgan. Aynan shu vaqt paytida mehmonxonada yashagan Eduard Jeyms Korbett oʻzining kundalik daftarida bunday deb yozib, qoldirib ketgan ekan:
Olamlik tarixda birinchi marotaba daraxt ustida mingan yosh malika kelasi qirolicha boʻlib tushgan ekan — Hudoyim, oʻzing yor boʻla koʻr!
Eduard Jeyms |
II Yelizaveta qirolichasi toj kiygizu marosimi 1953-yilning 2-iyunida Vestminster abbatligida boʻldi [7]. Britaniya monarxining bu toj kiygizishi marosimi birinchi marotaba telekoʻrstuvda jonli efirda koʻrsatilgan[8].
Shundan keying yangi qirolicha 1953-1954 yillari oraligʻida Millatlar Hamdoʻstligi, britaniyalik mustamlaka va olamning boshqa mamlakatlarida olti oylik ish safari yasab qaytadi. II Yelizaveta Avstraliya va Yangi Zelandiyaga tashrif buyurgan ohirgi monarx boʻldi[9].
1950 yillar yarimi — 1990 yillar boshi[tahrir]
Bosh-vazir - ser Anthony Edenning isteʼfoga chiqishidan soʻng, Konservatorlar partiyasi rahbari tanlanishda hech bir qoidalar boʻlmagani uchun, II Yelizaveta yangi bosh vazirni konservatorlar orasidan tanlashga tegishli boʻldi. Partiyaning asosiy odamlari va oldingi bosh vaziri Winston Churchill bilan muhokama qilib oʻtirib, hokimat boshchisi boʻlib Harold Macmillan tayinlandi.
Shu yili Yelizaveta ish-safari bilan AQSh va Kanada qirolichasi sifatida Kanadaga boradi. Shu yili birinchi marotaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida qatiship, soʻz aytadi. Kanadalik hokimiyatning sessiyasining ochilish marosimida qatnashadi. Oʻz sayoxatini 1961 yili tugatadi, bu vaqtda qirolicha Kipr, Vatikan, Pokiston, Nepal, Eron, va oxiri Gana mamlakatlariga bordi[10].
1960-yili qirolicha ikkinchi oʻgʻli - Endryu, 1964-yili esa uchinchi oʻgʻli Eduard dunyoga keladi.
1963-yili bosh vazir - Makmillaning isteʼfoga chiqishi sababi, qirolicha Yelizaveta uning maslahati bilan suhbat Alec Douglas-Homeni bosh vazir qilib tanlaydi[11].
1969-yili BBC telekanali Vainzorlar oilasining har kungi yumushlari haqida hujatli film tushurdi.
Natijada birdab-bir partiya toʻliq ovoz yigʻa olmagan parlament saylovlarida keyin 1974-yili davlat boshqaruviga qarshi chiqish boshlandi va siyosiy mojaro yuz berdi. Parlamentning eng koʻp partiyasi Koservatorlar partiyasi boʻlgani bilan, bosh vazir boʻlib Leyboristlar partiyasidan rahbar - Harold Wilson boʻldi[12].
1976-yili II Yelizaveta marosimi turida (Kanada qiroli sifatida) Monrealdagi Yozgi XXI Olimpiyada oyinlarining ochilish marosimida oʻzi ochidi[13].
1977 - qirolicha uchun elliginchi yil boʻldi. Shu yili qirolicha Yelizaveta II Britaniya taxtida oʻtirganiga 25 yil boʻldi. Shu sabab bilan Qirolicha koʻp hamdoʻstlik mamlakatliriga ish-safariga oʻtkazildi.
1970-yillarning oxiri bilan 1980-yillar bishida qirolicha oilasida bir qator terrorist hujumlar yasalindi. Uning ichinda, toʻgʻriroq etganda: "Vaqtincha Irlandiya respublikalik askarlarining" terrorislari 1979-yili shahzoda Filipning togʻasi, mashxur mamlakatlik davlat arbobi va qomondoni - lord Louis Mountbatten oldirildi[14]. 1981-yili esa qirolichaning "rasmiy tugʻilgan kuniga" harbiy namoyish chogʻida II Yelizavetani terroristlar pistoletdan oq otishdi.
1981-yili kiyinroq qirol oilasining kotta muammosi aynalgan qirolicha Yelizavetaning oʻgʻli shahzoda Charles bilan malika Diananing uylanish toʻyi boʻldi [15].
Shu vaqtda 1982-yili Kanada kostitutsiyasinda bir necha oʻzgarishlar kiritildi, Britaniya parlamenti kanadalik ishlarda oʻz ustunligini bildirdi, lekin Britanliya qirolichasi Kanada mamlakatining boshchisi boʻlib qoldi[16]. Shu yili soʻngi 450 yil davlatga kelmagan rim papasi - Ioann Pavel II Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi (anglikan cherkovi boshchisi boʻlib topiladigan qirol uni oʻzi kutib oldi)[17].
1990-yillar boshi — 2000-yillar[tahrir]
1992-yili II Yelizavetaning "eng yomon yili" boʻldi. Toʻrt bolasining ikkalasi - shahzoda Endryu va malika Anna - umrdoshlari bilan ajrashdilar, Charles esa malika Diana bilan ajrashdi. Bundan tashqari, Vindzor saroyi yongʻindan juda kuchli zaqimlandi, qirolichaga soliq toʻlovlari qoyildi[18]. 1996-yili qirolicha talabi bilan, shahzoda Charz bilan malika Diana rasmiy ajrashuviga qol qoyildi. Bir yildan keying, 1997-yili, malika Diana Parijda avtohalokatidan halok boʻldi. Bu voqea qirolicha oilasi bilan millionlab Britaniyaliklar iztirobga uchradilar.
Oldingi kelining oliniga sabrlik tanitib, hech qanaqa reaksiya koʻrsatmagan qirolichani xalq orasida mish mishlar tarqalish boshlandi[19].
2002-yili qirolicha Yelizaveta taxtga oʻtirganining 50 yiligiga (Oltin yubiley) ora marosim oʻtkazildi[20]. Ammo shu yili qirolichaning singlisi - Malika Margaret va onasi qirolicha Leydi Yelizaveta Bouz-Layon vafot etdilar[21].
Hozirgi davrda[tahrir]
2010-yili ikkinchi marotaba Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasida soʻz aytdi. BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Yelizavetani "bizning davrimizning xalaskori" deb aytdi[22].
2011-yili mustaqil Irlandiyaga Britaniya monarxni tarixida birinchi marotaba davlat safari bilan borib qaytdi[23]. Aynan shu yili Shahzoda William va Catherine Middletonning uylanish toʻyi bolib oʻtdi[24].
2012-yili Londonda Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2012 boʻlib oʻtdi. Olimpiyada oyinlarining ochilish marosimida II Yelizaveta oʻzi qatnashib ochdi[25] hamda yangi qonun qabul qilindi, bu qonun . Bu qoyidalar "taxtda oʻtirish" boʻyicha edi va erkak-vorislar ayol-vorislardan ustuvorlikdan ayirlandilar[26].
Aynan shu yili Buyuk Britaniyada va boshqa mamlakatlarda Yelizavetaning taxtda oʻtirishini 60-yilik marosimlari boʻlib oʻtdi. Shu sabab 3-4-iyun 2012-yil kunlari damolish deb eʼlon qilindi[27]:
- 3-iyun kuni Temza daryosida su usti namoyishi oʻtib, namoyishga mindan oshiq kemalar bilan qayiqlar qatnashdi. Bu voqea tarixda eng zoʻr namoyishlardan biri boʻldi;
- 4-iyun kuni Bukingem saroyi oldida oldingi olam va Britaniyalik yulduzlarning qatishishi bilan kosert boʻlib oʻtdi: Pol Makkartnu, Robbi Uilyams, Kliff Richard, Elton Jon, Greys Jons, Stivi Uander, Enni Lennoks, Ton Jond va boshqalar. Marosimning uyumlashtiruvchilari - Take That guruhi yakka ijrochisi - Gary Barlou boʻldi.
2013-yili II Yelizaveta 40 yil ichida birinchi marotaba Shri-Lankada oʻtgan Britaniya Millatlar Doʻstligi sammitida qatnashmadi. Sammitda Britaniyaning shahzodasi Charles qatnashdi, bu voqea oʼzining qirollik ishlarini Shahzoda Charles, Uels shahzodasiga berilgani koʻrindi.
Siyosiy va ijtimoiy ahamiyati[tahrir]
Konstitutsiyali monarxiyaning britanlik dasturiga koʻra, II Yelizaveta asosan mamlakat xalqaro arenasida koʻp asosiy ishlarni qilmay oʻtiradi. Ammo, oʻzining viqorlik davrida u britaniya monarxiyasining qolidan olmay qattim ushlab oʻtirdi. Qirolicha xar hil mamlakatlarga diplomatik safarlar bilan bordi, elchilarni qabul qildi, yuqori mamlakat davlat arboblari bilan uchrashdi (asosan bosh vazirlar bilan), yil oʻtishida parlamentga tegishli yollanishni oʻqishi, ritsarlarni marofatlash va boshqalar[28]. Hamda qirolicha har kuni gazetalarni oʻqib bir hil xatlarga oʻz javobini beradi, unga kunida 200-300 xatlar kelib tushadi.
Oʻzining taxtga oʻtirish kezining borligida qirolicha hamma bosh vazirlar bilan yaxshi qarim-qatnashlarda boʻldi. Bundan tashqari, u siyosiy mojaralarga yoʻl bermaslik uchun oʻzining hamma kuchini ketkazdi, oldingi yangi davr qirollarining dasturlarini davom etirmoqda. II Yelizaveta konstitutsiyali monarx boʻlgani sabab, u oʻzining siyosatga degan simpatiyalik yoki antipatiyalik koʻz qarashini etishga boʻlmaydi. Qirolicha buni har doyim qilib yurdi, shundan tashqari siyosatga degan koʻz qarashi hech kimga belgisiz boʻlip qolishda.
Oilasi va bolalari[tahrir]
1947-yilning 20-noyabrida Yelizaveta grek shahzodasi Andreyning oʻgʻli - leytenant Filip Mauntbetten (t.y. 10-iyun 1921) bilan turmush quradi.
Oilada toʻrt bola bor:
Name | Tugʻilgan sanasi | Toʻyi | Ularning bolalari | Ularning nevaralari | |
---|---|---|---|---|---|
Sana | Umrdoshi | ||||
Shahzoda Charles, Uels shahzodasi | 14-noyabr 1948 | 29-iyul 1981 Ajrashuvi 28-avgust 1996 |
Diana Frances Spencer | Shahzoda William, Cambridge gertsogi | Shahzoda George Malika Charlotte |
Shahzoda Harry | |||||
9-aprel 2005 | Camilla,Cornwall gertsoginasi | ||||
Shahzoda Anna | 15-avgust 1950 | 14-noyabr 1973 Divorced 28-aprel 1992 |
Mark Phillips | Peter Phillips | Savannah Phillips Isla Phillips |
Zara Tindall | Mia Tindall | ||||
12-dekabr 1992 | Timothy Laurence | ||||
Shahzoda Andrew, York gertsogi | 19-fevral 1960 | 23-iyul 1986 Ajrashuvi 30-may 1996 |
Sarah Ferguson | York malikasi Beatrice | |
York malikasi Eugenie | |||||
Shahzoda Edward, Wessex grafi | 10-mart 1964 | 19-iyun 1999 | Sophie Rhys-Jones | Lady Louise Windsor | |
James, Viscount Severn |
Rasmiy unvonlari, mukofotlari va gerblari[tahrir]
II Yelizaveta unvonining toliq nusxasi bunday: «Yuqori martabali II Yelizaveta, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi va boshqa ozining qiroliklari bilan hududlarining qirolichasi, Hamdoʻstlik rahnamosi, Din himoyachisi »
Yelizaveta II boshqargan va boshqaradigan mamlakatlar[tahrir]
1952-yili taxtgda oʻtirgandan keyin Yelizaveta yetti mamlakat qirolichasi boʻldi: Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Pokiston va Shri-Lanka qirolichasi.
II Yelizaveta boshqarib kelgan mamlakatlarning ayrimida monarxiya bekor qilindi:
- Pokiston - 1956-yili (Oldingi Pokiston dominiyoni)[29]
- Janubiy Afrika Respublikasi - 1961-yili (oldingi Janubiy Afrika Ittifoqi)[30]
- Shri-Lanka - 1972 yili (oldingi Seylon dominiyoni)[31]
Monarxiyani saqlab qolgan yangi mustaqil mamlakatlar[32]:
- Antigua va Barbuda
- Bagamalar
- Barbados
- Beliz
- Grenada
- Papua Yangi Gvineya
- Sent Vinsent va Grenadinlar
- Sent Lusiya
- Solomon orollari
- Tuvalu
- Yamayka
Monarxiyadan bosht tortgan yangi mustaqil mamlakatlar[33]:
- Gayana
- Gambiya
- Gana
- Keniya
- Mavrikiy
- Malavi
- Malta
- Nigeriya
- Serra-Leone
- Trinidad va Tobago
- Uganda
- Fiji
Gerblari[tahrir]
Har xil davrdagi timsollar
Qiroliha xurmatiga yasalgan madaniy estaliklar[tahrir]
Madadniyatda[tahrir]
Yelizaveta II atalgan filmlar[tahrir]
- 2006-yili — "Qirolicha" tarjimai hol filmi. Qirolicha rolini Helen Mirren oynadi. Film koʻp mukofotlarda gʻalabalar qozondi.
- 2009-yili — Britaniya telekoʻrsatuvining 4-kanalida (Channel 4) „Qirolicha“ seriali koʻrsatildi, bu rejissor Edmund Kulthardning 5-seriyalik mini-seriali edi. Har seriyada 5 har xil aktrisalar oynagan.
2016-yili — The Crown seriali qirolichaning yubileyiga bagʻishlab koʻrsatildi.
Yodgorliklar[tahrir]
Haykal Saskachevan provinsiyasida 2005-yili oʻrnatilgan
Windsor Great Parkida haykali
Tanga va pochta markalarida[tahrir]
Avstraliya pochta markasida taxtga oʻtigani uchun.
Shimoliy Irlandiya pochta markasida
1953-yilgi tangada
1961-yilgi tanga
Manbalar[tahrir]
- ↑ http://www.royal.gov.uk/HMTheQueen/Education/Overview.aspx
- ↑ http://www.bbc.co.uk/archive/princesselizabeth/6600.shtml?all=1&id=6600
- ↑ http://all-that-is-interesting.com/queen-elizabeth-ii-serves-as-a-mechanic-during-world
- ↑ http://www.pravda.ru/world/europe/european/21-04-2006/82324-elizabeth-0/
- ↑ http://www.royal.gov.uk/HMTheQueen/Education/Overview.aspx
- ↑ http://www.royal.gov.uk/HMTheQueen/Marriageandfamily/Marriageandfamily.aspx
- ↑ http://londonmania.ru/stories/anglijjskaja_koroleva?id=259
- ↑ http://kp.ua/daily/010612/340184/
- ↑ http://londonmania.ru/stories/anglijjskaja_koroleva?id=259
- ↑ http://www.royal.gov.uk/MonarchUK/RoyalVisits/OutwardStatevisitssince1952.aspx
- ↑ http://www.royal.gov.uk/HMTheQueen/Publiclife/PublicLife1962-1971/1962-1971.aspx
- ↑ http://www.hrono.ru/land/landa/197_gb.php
- ↑ http://athletics-sport.info/olympics/1976
- ↑ http://www.time.com/time/magazine/article/0,9171,920606,00.html
- ↑ http://ria.ru/spravka/20120831/732836337.html#13713100380243&message=resize&relto=register&action=addClass&value=registration
- ↑ http://www.legislation.gov.uk/ukpga/1982/11/enacted
- ↑ http://londonmania.ru/stories/anglijjskaja_koroleva?id=259
- ↑ http://adelanta.info/encyclopaedia/politics/elizabeth_two/
- ↑ http://www.kommersant.ru/doc/13766
- ↑ http://www.hrono.ru/biograf/bio_ye/elizaveta2.php
- ↑ http://news.bbc.co.uk/hi/russian/news/newsid_1533000/1533667.stm
- ↑ http://www.un.org/ru/sg/messages/2010/a_64_pv105.shtml
- ↑ http://newsru.com/world/17may2011/ireland.html
- ↑ http://www.bbc.co.uk/russian/multimedia/2011/04/110429_wedding_highlights.shtml
- ↑ http://pixanews.com/sport/otkrytie-olimpijskix-igr-2012-goda.html
- ↑ http://www.euromag.ru/great_britain/27947.html
- ↑ http://loveopium.ru/prazdniki/diamond_jubilee.html
- ↑ http://www.royal.gov.uk/HMTheQueen/DayInTheLife/Queensworkingday.aspx
- ↑ http://www.britannica.com/EBchecked/topic/438805/Pakistan/276160/Political-decline-and-bureaucratic-ascendancy
- ↑ http://www.britannica.com/EBchecked/topic/555568/South-Africa/260109/The-National-Party-and-apartheid
- ↑ http://www.krugosvet.ru/enc/strany_mira/shri-lanka.html?page=0,1
- ↑ http://www.royal.gov.uk/MonarchAndCommonwealth/Commonwealthmembers/MembersoftheCommonwealth.aspx
- ↑ http://www.royal.gov.uk/MonarchAndCommonwealth/Commonwealthmembers/MembersoftheCommonwealth.aspx
|